Ikki yil avval britaniyalik olimlar jamoatchilikka yumor yo‘nalishida o‘tkazilgan yirik miqyosdagi tadqiqot nihoyasida aniqlangan eng kulgili latifani taqdim etishdi.
So‘rovnoma jarayonida qirq mingdan ortiq latifa ikki millionga yaqin baho oldi. Latifalar besh balli tizim asosida baholandi.
Eng yuqori bahoni Manchesterda yashovchi ruhshunos Garpal Gossel jo‘natgan latifa oldi:
Ikki ovchi o‘rmondan chiqib kelishayotganida bittasi birdan yiqilib tushibdi. U nafas olmayotgan, ko‘zlari esa bir nuqtaga qaragancha qotib qolganmish. Ikkinchi ovchi darhol telefonini olib “tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qilibdi. Hayajonlangan ovchi go‘shakni tutganicha qichqiribdi: “Do‘stim o‘lib qoldi! Nima qilay?” Narigi tarafda operator javob qilibdi: “O‘zingizni bosing, sizga yordam beramiz, ammo avval ayting-chi, do‘stingiz rostdan ham o‘lib qoldimi?” Bir necha soniya jimlikdan so‘ng miltiqning gumburlagan ovozi eshitilibdi. So‘ng ovchi operatorga debdi: “O‘lganligi aniq, xo‘sh, endi nima qilay?”
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi