12:38 / 28.02.2015
6 736

Toshkentda chinorlar kesilishi holatlari davom etmoqda

Toshkentda chinorlar kesilishi holatlari davom etmoqda

“Jamoatchilik nazorati” guruhiga Toshkent shahrida arralab tashlanayotgan daraxtlar yuzasidan shikoyatlar kelib tushishda davom etmoqda.

Guruh ishtirokchilaridan biri yuqori qismi arralab tashlangan chinorlar suratlarini internetga joylashtirdi hamda suratlar ostiga “Nogironlarni reabilitasiya qilish va protezlash milliy markazida ko‘p yillik chinorlarga nisbatan shunday yo‘l tutishdi” deb yozib qo‘ydi.

“Jamoatchilik nazorati” guruhi a’zolari Toshkent ko‘chalaridagi ko‘p yillik daraxtlarning chopib va arralab tashlanishi holatlari davom etayotgani haqida yozayotgan birinchi holat emas. Odamlar shahar rasmiylarining ko‘p yillar davomida yoz kunlari odamlarni quyoshdan saqlagan hamda kislorod bilan ta’minlagan daraxtlardan shu tariqa ko‘chalarni tozayolatganlari holatidan tashvishlanmoqda.

UZ24 portali tahririyati Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga Sirg‘ali tumanidagi 7-sonli o‘rta maktab yaqinidagi daraxtlarning arralab tashlanishi holat qayd etilgan xat bilan murojaat qilishdi. Bunga javoban ushbu tashkilot daraxtlar noto‘g‘ri tarzda kesilganini tasdiqlab, maktab direktorini ma’muriy javobgarlikka tortish lozimligini ma’lum qilgandi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda chinorlar kesilishi holatlari davom etmoqda