17:16 / 28.02.2015
8 298

Toshkent shahar Yunusobod tumanida “qora bozor” pulfurushlari qo‘lga olindi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida “qora bozor” pulfurushlari qo‘lga olindi

SVOJJDLQK departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar Umid Ravshanov, No‘mon Islomov, Avazbek Ilhomov, Sherali Saidov, Po‘lat Boliev, Nurshod Bo‘ronov va To‘rabek Mirzaev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) oldindan jinoiy til biriktirib, Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Ahmad Donish” buyum bozori hududidan chet el valyutasini qonunga xilof tarzda ayirboshlashni yo‘lga qo‘yganliklari ma’lum bo‘ldi deb yozadi “Huquq” gazetasi. Jumladan, Umid Ravshanov har bir AQSh dollarini “qora bozor” qiymatida hisoblab, 100 AQSh dollarini fuqaro Nosimbek Sodiqovga sotayotgan vaqtda qo‘lga tushdi.

Tadbirda huquqbuzarlardan ashviy dalil sifatida 3170 AQSh dollari, 20 Angliya funt sterlingi va 3500 Qozog‘iston tengesi olib qo‘yilib, ularga nisbatan tegishli jazo choralari tayinlandi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar Yunusobod tumanida “qora bozor” pulfurushlari qo‘lga olindi