14 495
Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining keyingi bosqichlarini muhokama qilishdi
Kecha, 6 sentyabr kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Samarqandga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etilgan joy – Hazrati Xizr qabristonida bo‘lib, marhum qabriga guldasta qo‘ydi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.
Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida mehmon bo‘lgan Vladimir Putin Islom Karimovning oila a’zolari – turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova hamda qizi Lola Karimova-Tillyaeva bilan uchrashdi.
Shuningdek, Forumlar majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik 2004 yil 16 iyunda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, 2005 yil 14 noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma asosida izchil rivojlanib bormoqda.
O‘zaro hamkorlik keng ko‘lamli va samarali bo‘lib, hukumatlararo va idoralararo aloqalar oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga xalqimizning ardoqli farzandi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu tashrif Vladimir Putinning Islom Karimovga, O‘zbekiston xalqiga yuksak hurmatidan dalolat berishini qayd etdi. O‘zbekiston Islom Karimov va Vladimir Putin asos solgan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini davom ettirishi va yanada mustahkamlashini alohida ta’kidladi.
Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston uchun, o‘z xalqining farovonligi uchun ulkan ishlar qilgani, eng murakkab paytlarda ham tinchlik va barqarorlikni ta’minlagani, bu mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilganini alohida ta’kidladi. Rossiya davlatlarimizning o‘zaro hamkorligini davom ettirish va rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?