09:45 / 09.09.2016
5 389

BAAdan kelgan yo‘lovchi kontrabanda brilliantlarini antiqa usulda yashirib qo‘ygani aniqlandi

BAAdan kelgan yo‘lovchi kontrabanda brilliantlarini antiqa usulda yashirib qo‘ygani aniqlandi

Rossiyaning Mineralnыe Vodы bojxonasi va Federal xavfsizlik xizmatining Stavropol o‘lkasi boshqarmasi umumiy og‘irligi 500 gramm va narxi 40 mln rubldan ko‘proq bo‘lgan ikkita partiya brilliantlar kontrabandasini fosh qildi.

"Dubaydan uchib kelgan ayol mamlakatga qimmatbaho toshlarni noqonuniy yo‘l bilan olib kirmoqchi bo‘lgan. Ayol bojxonadan 207 gramm brilliantni yashirishga urinishda antiqa yo‘l tutdi va toshlarni kosmetik krem va xurmo ichida yashirdi. Biroq ayol bojxonachilarni alday olmadi", deb aytildi bojxonada.

Avgustda ham Mineralnыe Vodы’da xuddi shu reys bilan kelgan dog‘istonlik ayol ushlangandi. U bojxonadan o‘tish vaqtida "yashil yo‘lakni" tanlagan. Biroq bojxonachilar tekshirish qurilmasi kamerasida ayolning jamodonidagi shubhali qoramtir izlarga e’tibor qaratishgan. Aniqlanishicha, u erda 233 gramm brilliant bo‘lgan. Polietilen paketlarga solingan turli sayqalga ega qimmatbaho toshlar kiyimlar orasiga yashirilgan bo‘lgan.

Ushlangan ayollarning aytishlaricha, brilliantlar ularning shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, strategik muhim zaxiralar kontrabandasi uchun ayollarga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Ular 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari va bir million rublgacha jarimaga tortilishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » BAAdan kelgan yo‘lovchi kontrabanda brilliantlarini antiqa usulda yashirib qo‘ygani aniqlandi