7 979
Shifokor xatosi tufayli hayotdan ko‘z yumgan havayilikning oilasiga 4,2 million dollar to‘lanadi
Amerikaning Havayi shtati shifokorlar xatosi tufayli (narkoz dozasining oshirilib yuborilishi natijasida) hayotdan ko‘z yumgan kishining oilasiga 4,2 million dollar miqdorida tovon puli to‘laydi. Bu haqida "Associated Press"ga tayanib "Kun" ma’lum qildi.
32 yoshli Antonio Marrero 2013 yilda shtatdagi shifoxonlardan biriga tomoq og‘rig‘idan shikoyat qilib borgan. Uni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokor bemorda angina kasalligini taxmin qilgan, biroq bunga to‘liq ishonch hosil qilish uchun bemorni mahalliy narkoz ta’sirida tekshirishga qaror qilgan. Sedativ preparat yuborilgandan keyin bemor hushidan ketib, hayotdan ko‘z yumgan.
Antonioning oila a’zolari Amerika hukumatini sudga berdi. Oila a’zolarining fikricha, bemorni davolashga kirishgan shifokor anesteziolog bo‘lmagan, shunday ekan, uning narkoz yuborishga haqqi ham yo‘q.
Natijada da’vo arizasini sudgacha hal qilishga erishildi. Mahalliy hukumat yuqorida qayd etilgan summadagi tovon pulini to‘lashga va’da berdi, o‘z navbatida, marhumning oila a’zolari da’vo arizasini qaytarib olishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi