17 sentyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflangan yangi aeroport ochildi. Bu haqida "Kun" nashri xabar berdi.
Uch terminalga (yo‘lovchi, VIP va yuk) ega aeroportning sig‘imi taxminan 2000 kishiga mo‘ljallangan. U har qanday turdagi samolyotni qabul qila oladi va xalqaro standartlarga binoan xizmat ko‘rsatishga qodir. Uchish-qo‘nish yo‘laklarining uzunligi - 3 800 metr. Aerovokzal majmui joylashgan hududning umumiy maydoni - 1 200 gektar.
Aeroportning ochilish marosimida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov ishtirok etdi. Davlat rahbari eng zamonaviy aeronavigasiya bilan jihozlangan yangi aeroport xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Asosiy yo‘lovchi terminal binosining tomida dunyoning eng katta hajmdagi gilam ko‘rinishidagi me’morchilik tasviri uchun yangi aeroportga Ginnesning rekordlar kitobidan sertifikat topshirildi. Ushbu "gilam"ning maydoni - 705 kvadrat metr.
Turkmanistondagi yangi aeroport bundan avval mamlakatdagi bir qator diqqatga sazovor inshootlarni qurgan Turkiyaning "Plimeks" kompaniyasi tomonidan bunyod etildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi