11:51 / 19.09.2016
7 477

Buyuk Britaniyalik ministr islom dinini qabul qilib, haj amalini ado etdi

Buyuk Britaniyalik ministr islom dinini qabul qilib, haj amalini ado etdi

Buyuk Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi Saymon Kolliz islom dinini qabul qilgan va haj amalini bajargan ilk yuqori martabali britan diplomati bo‘ldi, deb xabar beradi "Diydoraziz" nashri.

Kollizning aytishicha, u musulmonlar orasida 30 yil yashaganidan so‘ng islom dinini qabul qilgan. Qirol Saud universiteti xodimi Foziya Albakr o‘zining Twitterdagi sahifasida britaniyalik elchining turmush o‘rtog‘i bilan birga haj amalini ado etayotgani suratini joylashtirdi.

«Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi islom dinini qabul qilganidan so‘ng haj amalini bajarmoqda: Saymon Kolliz rafiqasi Xuda bilan Makkada», — deyiladi suratga yozilgan izohda.

Kollizning aytishicha, u ushbu dinni «Xudaga uylanishidan oldin qabul qilgan».

Kolliz deyarli 30 yildan buyon Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharq mamlakatlaridagi dipmissiyasi xodimi hisoblanadi. U ilgari Buyuk Britaniyaning Suriya, Iroq va Qatardagi elchisi bo‘lgan, BAA, Yaman va Tunisda yuqori diplomatik lavozimlarda ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buyuk Britaniyalik ministr islom dinini qabul qilib, haj amalini ado etdi