Rossiyaga ishlash uchun borib boshqa xotin olib oilasidan voz kechib ketgan erkak kishiga besh yoshlik qizalok nomidan yozilgan she’r.
SIZ KIMLARGA BAXSh ETDINGIZ O‘ZINGIZNI?
Yo DUNYoLIK KO‘R QILDIMI KO‘ZINGIZNI?
SIZNI ZOR, ZOR KUTAYoTGAN QIZINGIZNI,
BIR BOR YO‘QLAB KELMAYSIZMI DADAJONIM?
FARZANDIM DEB QANOT YaSAB UChMANG MAYLI,
KELIB MENI ERKALAB HAM QUChMANG MAYLI,
O‘ShA TOPGAN YoRINGIZDAN KEChMANG MAYLI,
BIR BOR YO‘QLAB KELMAYSIZMI DADAJONIM?
ALLOH RAHM SOLSA EDI DILINGIZGA,
MEN JONIMNI TUTQAZARDIM QO‘LINGIZGA.
KO‘Z TUTAMAN ERTA-Yu KECh YO‘LINGIZGA,
BIR BOR YO‘QLAB KELMAYSIZMI DADAJONIM?
DUGONALAR «DADANG YO‘Q», DEB KULYaPTI,
SIZNI QUMSAB O‘KSIK KO‘NGLIM TO‘LYaPTI.
BARDOShIMDAN SOG‘INCh ZO‘RLIK QILYaPTI,
BIR BOR YUKLAB KELING ENDI DADAJONIM!
ZOR YIG‘LAB O‘ZIMNI HECh TUTOLMAYMAN,
NAYLAY SOG‘INChIMNI IChGA YuTOLMAYMAN,
SABRIM ADO BO‘LDI BOShQA KUTOLMAYMAN.
BIR BOR YO‘QLAB KELING ENDI DADAJONIM!
QAYTING ENDI BIZNI YoLG‘IZ TAShLAB KETMANG,
O‘TINAMAN MEHRINGIZNI DARIG‘ TUTMANG.
ShUNChA KUTDIM, MENI YaNA MUShTOQ ETMANG,
BIR BOR YO‘QLAB KELING ENDI DADAJONIM!
YO‘LINGIZGA ChIQAY SOChIM MAYDA O‘RIB,
KO‘NGLIM TOG‘DAY KO‘TARILSIN, SIZNI KO‘RIB.
BOR DUNYoNING TAShVIShLARIN ChETGA SURIB,
BIR BOR YO‘QLAB KELING ENDI DADAJONIM!
SIZNI JUDA QATTIK SOG‘INDIM DADAJONIM!!!!!!!!!!!
Madina Murotovaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan.
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi