Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Nyu York shahrida AQSh prezidentligi uchun demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton bilan uchrashdi, deb xabar berdi "Kun" nashri.
"Men uchun bu uchrashuv juda muhim. Men Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini, shuningdek, so‘nggi ikki yilda o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi aniq qarashingiz uchun minnatdorman", – degan Poroshenko Klinton bilan uchrashuvda.
O‘z navbatida, AQSh prezidentligi uchun nomzod, Ukrainada qanaqa islohotlar o‘tkazilayotganini bilishga qiziqqan.
"Bu Ukrainaning taraqqiyotini va Rossiya agressiyasi sharoitida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyatdir", – degan Klinton.
Eslatib o‘tamiz, Poroshenko BMT Bosh assambleyasining 71 sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu Yorkda bo‘lib turibdi. U, shuningdek, sessiya doirasida AQSh prezidenti Barak Obama bilan ham uchrashadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»