Fuqaro T.Samiev jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman sudining hukmi bilan aybli deb topilib, unga 2 yil sinov muddati tayinlanadi. Peshku tumanida yashovchi Ziyoviddin Jo‘raev esa uni shartli jazodan ozod qilish evaziga sudlanuvchining tanishi A.Xoliqovdan pul so‘raydi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Ichki ishlar xodimi hisoblangan Z.Jo‘raev 400 ming so‘m pulni fuqaro A.Xoliqovdan olayotgan paytda qo‘lga olindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudining hukmiga ko‘ra, Z.Jo‘raev O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddasiga binoan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan hamda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi