Olma-otada Lexus LX570 avtoulovini boshqarib borayotgan qiz yo‘l patrul xizmatidan qochib yo‘l yoqasidagi ariqqa qulagan. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.
Baxtsiz hodisa 24 sentyabr tongida Remizovka ko‘chasi Al-Farobiy prospektida yuz bergan. Avtoulovni boshqarib borayotgan qiz rulni hiyobon tomonga burgan. Voqeaga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, yo‘l patrul xizmati xodimlari Lexus avtoulovini boshqarayotgan qizga mashinani darhol to‘xtatishni buyurgan, qiz esa to‘xtash o‘rniga tezlikni oshirib, qarama-qarshi yo‘l bo‘lagini ajratib turuvchi chiziqni kesib o‘tgan.
Katta tezlik bilan qarama-qarshi yo‘lakda harakatlanayotgan qiz yo‘l panjaralarning beshtasini buzib o‘tib, ulovni jilovlay olmay yo‘l chetidagi ariqqa borib urilgan.
Voqea joyiga yo‘l patrul xizmati xodimlari etib kelib, qizning avtoulovdan chiqib olishiga yordam berishgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qiz o‘ta mast holda bo‘lgan va yo‘l patrul xizmati xodimlaridan uni qo‘yib yuborishni ko‘zda yosh bilan iltimos qilgan.
YTH natijasida haydovchi qizga hech qanday jarohat etmagan bo‘lsada, yo‘l patrul xizmati xodimlari uni darhol tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun shifoxonaga olib ketishgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi