14:54 / 29.09.2016
10 381

Oylik yo‘l chiptalari metroga qaytadi

Oylik yo‘l chiptalari metroga qaytadi

1 oktyabrdan boshlab Toshkent metrosida amal qiladigan oylik yo‘l chiptalari kiritiladi deb habar beradi "gazeta.uz" sayti

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportida shahar axolisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida 1 oktyabrdan boshlab yangi oylik yo‘l chiptalarini kiritishni ma’lum qildi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori «kundalik transport xarajatlaringizni iqtisod qilish, sifatli xizmat ko‘rsatish, er usti va er osti jamoat transportlarini uzviy bog‘lash maqsadida» qabul qilindi.

Amalda bo‘lgan oylik yo‘l chiptalari:
N (nafaqador va nogironlar uchun — avtobus, 60 min so‘m),
T (talabalar uchun — avtobus, 60 ming so‘m),
O' (o‘quvchilar uchun — avtobus, 60 ming so‘m),
AV (umumiy aholi uchun — avtobus, 120 ming so‘m)
seriyalariga qo‘shimcha ravishda avtobuslar va metroda foydalanish uchun:

NM (nafaqador va nogironlar uchun — avtobus va metro), 83 ming so‘m),
TM (talabalar uchun — avtobus va metro, 83 ming so‘m),
O’M (o‘quvchilar uchun — avtobus va metro, 83 ming so‘m),
AVM (umumiy aholi uchun — avtobus va metro, 166 mng so‘m).
oylik yo‘l chiptalari joriy etiladi.
Yangi turdagi oylik yo‘l chiptalari 29 sentyabr kunidan sotuvga chiqarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oylik yo‘l chiptalari metroga qaytadi