Fuqarolar Mels Otaboyev, Nosir Elbekov va Tursunpo‘lat Ahadov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zaro jinoiy til biriktirib, qalbaki 5000 so‘mlik banknotlarni yasash bilan shug‘ullanib kelayotganligi haqida tezkor ma’lumotlar olingan. Bu haqda “Huquq” nashriga tayanib “Kun.uz” yozmoqda.
Tezkor tadbirda ular 50 mln. so‘m qalbaki pullarni maxsus xaridorga 10 mln. so‘m haqiqiy milliy valyuta evaziga tayyorlab berishga kelishib, oldindan 5 mln. 300 ming so‘mni olishadi. Soat 23:00da Qo‘qon shahridagi xonadon ko‘zdan kechirilib, 5000 so‘mlik qalbaki pullar rangli printer yordamida chiqarilib, kesish uchun tayyorlab qo‘yilgani aniqlandi. Chop etilgan qalbaki pullar va shu maqsadda ishlatilgan texnologiya uskunalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi