22:53 / 06.10.2016
11 823

Ozarbayjon Mudofaa vaziri Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Ozarbayjon Mudofaa vaziri Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vaziri Zokir Hasanov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" sayti.

Tashrif chog‘ida general-polkovnik Zokir Hasanov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi va qabriga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Ozarbayjon mudafaa vazirligi axborot sayti xabar berdi.

Ayni kunlarda ham xorij rasmiylari tomonidan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov qabrini ziyorat qilish davom etmoqda.

Vazirning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlik va tomonlarni qiziqtiruvchi boshqa savollar muhokama qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ozarbayjon Mudofaa vaziri Islom Karimov qabrini ziyorat qildi