17:07 / 11.03.2015
10 615

Toshkentda soxta avtosalon ochgan firibgarlar qo‘lga olindi

Toshkentda soxta avtosalon ochgan firibgarlar qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasi IIV JQ va TQKBB Korrupsiya, tovlamachilik va reketchilikka qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida yashovchi tadbirkorning noqonuniy faoliyatini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bildirmaslik evaziga xususiy tadbirkordan moddiy rag‘batlantirish sifatida ma’lum miqdordagi pul mablag‘ini tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan, poytaxtda yashovchi 30 yoshli ayol qo‘lga olindi.

Shu bilan birgalikda, bir necha oylar mobaynida Toshkent shahridagi ofislardan birini ijaraga olib, soxta avtosalon ochib, avtomashina sotib olish niyatida bo‘lgan fuqarolarning juda katta miqdordagi pullarini o‘zlashtirib olib, ularga qalbaki shartnoma va kvitansiyalar taqdim etish bilan shug‘ullangan jinoiy guruhning uch nafar a’zosi qo‘lga olindi.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda soxta avtosalon ochgan firibgarlar qo‘lga olindi