12:33 / 11.10.2016
10 188

Toshkent hayvonot bog‘ida ilk bor jirafa paydo bo‘ldi

Toshkent hayvonot bog‘ida ilk bor jirafa paydo bo‘ldi

Toshkent hayvonot bog‘iga uch yoshli Alatau laqabli jirafa keltirildi.
Toshkent hayvonot bog‘iga ilk bor jirafa keltirildi, deya xabar bermoqda zoologiya bog‘i ma’muriyati.

«O‘z kolleksiyamizni mazkur noyob jonivor bilan to‘ldirishga bo‘lgan ko‘p yillik urinishlar muvaffaqqiyatli yakunlandi, — deyiladi xabarda. — Olmaota hayvonot bog‘i o‘zining uch yoshli Alatau erkak jirafasini bizga taqdim etishga rozi bo‘ldi».
Yosh jirafaning ota-onasi Xan va Grasiya hamda yana bir yosh nar Sulu Qozog‘istonga 2003 yilda Janubiy Afrika Respublikasidan keltirilgan edi. O‘tgan yillarda ulardan 12 jirafa bolasi dunyoga keldi.


«Alatau uzoq yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tdi, o‘z hududini o‘zlashtirib, uni parvarish qilayotgan xodimamiz Shahzoda qo‘lidan sabzavotlar, mevalar, akasiya va qayrag‘och shoxchalarini ishtaha bilan emoqda», — deyiladi Toshkent hayvonot bog‘i saytida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent hayvonot bog‘ida ilk bor jirafa paydo bo‘ldi