O‘zbekistonda Jahon bankining tabiiy ofatlarga tayyorgarlik va mustahkamlikni oshirish dasturi ishga tushdi, deb xabar bermoqda "gazeta.uz" nashri.
Jahon banki (JB) Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magi bilan O‘zbekistonda tabiiy ofatlarga mustahkamlikni oshirish bo‘yicha maxsus dasturni ishga tushirdi. Toshkentda seshanba kuni favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Aripov, , Yaponiya elchisi Nobuaki Ito, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b. Yan-Peter Olters, JBning tabiiy ofatlar xavfini boshqarish yo‘nalishidagi Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha mutaxassisi Ko Takeuchi ishtirokida dastur ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
«Loyiha maqsadi — O‘zbekistonning seysmik xavflarni kamaytirish, favqulodda vaziyatlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish, ofatlar oqibatidagi moliyaviy zararlarni baholash bo‘yicha salohiyatni mustahkamlashda respublika hukumatiga ko‘maklashishdan iborat», — dedi Ko Takeuchi. Yaponiya hukumati dasturni amalga oshirishga 1,25 mln AQSh dollarini ajratdi.
Dasturning asosiy koordinatori — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirlik va idoralar tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston seysmik faol hududda joylashgan bo‘lib, tabiiy ofatlarga tayyorgarlik masalasi hukumat uchun mamlakatni rivojlantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi