Farg‘onalik 47 yoshli fuqaro Ohangaronda qarovsiz qoldirilgan Nexia avtomobilini o‘g‘irlab ketdi. Buzoqning yugurgani samonxonagacha, deganlaridek jinoyatchi Angren shahridada qo‘lga tushdi. Bu haqda "Qalampir.uz" manbalarga asoslanib xabar bermoqda.
Gap shundaki, Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIB navbatchilik qismiga Toshkent shaharida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o‘zining Nexia rusumli avtomobili noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Telov qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Angren armatura izolyatorlash zavodi” MChJ oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma’lum bo‘lgan.
Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Angren shahrida to‘xtatildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 47 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!