26 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambaev telefon orqali suhbatlashishdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidentining rasmiy saytida xabar berilgan, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Almazbek Atambaev O‘zbekiston hukumati ikki tomonlama hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratgani, ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash chora-tadbirlarini olib borgani uchun Shavkat Mirziyoyevga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shuningdek, qardosh xalqning tinchligi mustahkam bo‘lishi va rivojlanishiga tilakdosh ekanini aytib o‘tdi.
Shu kuni Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambaev qator davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimi chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning mamlakat rahbari etib saylanishiga umid qilayotganini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi