21:26 / 12.03.2015
8 294

Toshkentda noqonuniy valyuta ayirboshchilari qo‘lga olindi

Toshkentda noqonuniy valyuta ayirboshchilari qo‘lga olindi

“Huquq” gazetasida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Toshkentda noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi Sanjar Saminov va Shohsanam Nosirovalar (ism-shariflar o‘zgartirilgan) qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular uzoq vaqt mobaynida chet el valyuta qimmatliklarining qonunga xilof oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelishgan. Sanjar Saminov uyushgan jinoiy guruh tuzib, bir necha kishiga ishlarni taqsimlab kelgan. Guruh a’zolari chet el valyutasi oldi-sotdisini yuritib, Saminovga hisobot berib turgan. SVOJJDLQK departamentining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Mirobod dehqon bozori” OAJ hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh a’zosi Shohsanam Nosirova fuqaro M. Narimonovga 100 AQSh dollarini noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtda ushlanib, uning yonidan 470 AQSh dollari va 2 mln 350 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Bundan tashqari, jinoiy guruhning boshqa a’zolari ham qo‘lga tushgan.

Jinoyat tafsilotlari yuzasidan sud aybdorlarga qonunda ko‘rsatilgan jazoni tayinlab, jinoiy guruh a’zolariga tegishli “Kobalt” va “Matiz” rusumli avtomashinalarni davlat foydasiga o‘tkazgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda noqonuniy valyuta ayirboshchilari qo‘lga olindi