13:29 / 09.11.2016
11 015

O‘zbekistonda oxirgi 70 yil ichidagi eng qiziqarli voqea kutilmoqda (tafsilotlar)

O‘zbekistonda oxirgi 70 yil ichidagi eng qiziqarli voqea kutilmoqda (tafsilotlar)

Bu yilgi Super Oy hodisasi oxirgi 70 yilda eng qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Super Oy — bu oxirgi yillarda OAVda keng tarqalgan norasmiy ibora bo‘lib, Oy to‘lishi va uning erga eng yaqin masofaga kelishi bir vaqtda sodir bo‘lganda kuzatiladi.

O‘zbekiston aholisi 13-14 noyabr kunlari Super Oy hodisasini kuzatishi mumkin, deb xabar qilmoqda Ut.uz nashriga asoslangan holda "Diydoraziz" nashri.

Super Oy — bu astronomik hodisa bo‘lib, u Oy to‘lishi va uning Erga eng yaqin masofaga kelish hodisalari bir vaqtga to‘g‘ri kelganda sodir bo‘ladi. Ma’lumki Oy Er atrofida elipsga o‘xshash traektoriyada aylanadi, ya’ni yil davomida oy ikki marta erga yaqin kelib, ikki marta erdan uzoqlashadi. Er oydan uzoqlashganda u kichikroq bo‘lib, yaqinlashganda esa kattaroq bo‘lib ko‘rinadi.

Bu yilgi Super Oy hodisasi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Oltoy o‘lkasi va G‘arbiy Sibir hududlarida yashaydigan aholiga ayniqsa yaxshi ko‘rinadi. Asosiysi osmon bulutli bo‘lmasa bo‘lgani. Olimlar aytishiga qaraganda bu yilgi Super Oy hodisasi oxirgi 70 yil ichida eng qiziqarlisi bo‘lishi kutilmoqda. 13-14 noyabr kunlari gorizontda ulkan och pushtirang Oyni tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda oxirgi 70 yil ichidagi eng qiziqarli voqea kutilmoqda (tafsilotlar)