16:37 / 15.03.2015
9 618

Hashar qiluvchilar “Jiguli” mashinasining g‘ildiraklarini bo‘yab tashlashdi

Hashar qiluvchilar “Jiguli” mashinasining g‘ildiraklarini bo‘yab tashlashdi

14 mart kuni Toshkentda umumxalq hashariga chiqqanlar tomonidan bezorilik sodir etildi.

Poytaxtning Abdulla Qodiriy ko‘chasida hashar ishida ishtirok etganlar yo‘l chetida turgan “Jiguli” avtomashinasining g‘ildiraklariga ohak chaplab tashlashdi.

Bu holat tasvirlangan surat feysbukdagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga joylashtirilgan.
Guruh a’zolari bu holatga munosabat sifatida avtomobil egasi mashinani noto‘g‘ri joyda qoldirib ketgani uchun shunday bo‘lgani haqida yozishgan.

Ma’lumot uchun, 14 mart kuni o‘tkazilgan umumxalq hashari tadbiri davomida 43 ming gektar maydonda va 26 kilometrlik yo‘llarda ariqlarni tozalash, supurish, mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlarini o‘tqazish hamda gullar ekish ishlari amalga oshirildi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hashar qiluvchilar “Jiguli” mashinasining g‘ildiraklarini bo‘yab tashlashdi