09:31 / 24.11.2016
8 715

Ka’bani masxaralagan hindistonlikka o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin

Ka’bani masxaralagan hindistonlikka o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin

Saudiya Arabistonida Ka’bani masxaralagan hindu qo‘lga olindi, deb xabar tarqatmoqda Diydoraziz nashri.

«Saudiya Arabistoni polisiyasi Ka’bani tahqirlagani uchun hindistonlik emmigrantni qo‘lga oldi», — deyilgan xabar matnida.

Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi Ka’ba ustiga Budda suratini qo‘ygan va bu harakatni fotosuratda muhrlab, suratni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida chop etgan. «Mintaqa tergov organi muqaddas qadamjomizni masxaralashda gumon qilinayotgan shasxni ushlab, hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi», — deya iqtibos keltirgan nashr Ar-Riyod polisiyasi matbuot-xizmati vakilining so‘zlaridan. Bordiyu, erkakning aybi isbotlanadigan bo‘lsa, unga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ka’bani masxaralagan hindistonlikka o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin