16:44 / 26.11.2016
7 796

Yuz yoshli britaniyalik egizak ayollar uzoq yashash sirlari bilan o‘rtoqlashishdi

Yuz yoshli britaniyalik egizak ayollar uzoq yashash sirlari bilan o‘rtoqlashishdi

Buyuk Britaniyaning Vustershir grafligidagi Storport-on-Severn shahrida yashovchi egizak opa singillar o‘zlarining bir asrlik tavallud ayyomlarini nishonlashdi va uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Ular uzoq umr ko‘rishning asosiy sababi sog‘lom ovqatlanish tartibiga rioya etish va mehnatsevarlik ekanligini ta’kidlashdi.

Iren Kramp (Irene Crump) va Fillis Djons (Phyllis Jones) 25 daqiqalik farq bilan dunyoga kelishgan. Ular 20 noyabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlashdi va bir asrdan beri bir-biridan ayro yashamaganliklarini ma’lum qildi. Egizaklar bitta maktabda o‘qishgan, bitta korxonada mehnat qilishgan, bir joyda yashashgan va hech qachon bir-biridan uzoqda yashamagan. Hozirda ularga Jonsning 58 yoshli Karl ismli o‘g‘li g‘amxo‘rlik qiladi.

Iren va Fillis Buyuk Britaniyada yuz yoshga kirgan 6 juft egizaklardan biri hisoblanadi. Ularning Doroti ismli opasi ham bo‘lgan, u 2006 yilda 92 yoshda vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuz yoshli britaniyalik egizak ayollar uzoq yashash sirlari bilan o‘rtoqlashishdi