Donald Tramp 150 yil ichida 4 oyoqli sevimli jonzoti bo‘lmaydigan AQShning birinchi prezidenti bo‘lishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. Nashr shu munosabat bilan AQShni 1945-1953 yillar boshqargan Garri Trumenning "Agar Vashingtonda do‘st topishni istasang, uy hayvoni boq" deb aytgan so‘zlarini eslab o‘tdi.
Uy hayvoni bo‘lmagan AQShning oxirgi prezidenti Endryu Jekson bo‘lgan, u mamlakatni 19-asrning o‘rtalarida boshqargan. Undan keyingi barcha prezidentlarda turli jonzotlar: mushukdan tortib ayiq, yo‘lbars va pakana begemotgacha bo‘lgan. Avraam Linkolnda cho‘chqa va Jek laqabli g‘ozi, Teodor Ruzveltda esa Iosiya laqabli bo‘rsig‘i bo‘lgan.
Nashrning fikricha, uy jonzotlari prezidentning imijini yaxshilashga yordam beradi va ko‘pincha ularga fotosessiyalarda kompaniya tashkil qiladi. Kichik Jorj Bushning skotch-terer zotidagi Barni laqabli itining o‘z sayti bo‘lgan, Katta Bushning Milli laqabli iti esa "Milli kitobi" deb nomlangan kitobning muallifi hisoblangan. Bu kitobda Oq uydagi hayot itning ko‘zlari bilan tasvirlangan. AQShda hattoki prezidentlar uy hayvonlarining muzeyi mavjud.
Trampning Oq uyda bo‘lishi vaqtida uy hayvonining bo‘lmasligi uning reytinglariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblamoqda nashr. Biroq bu Tramp inobatga olmayotgan prezidentlarga xos bo‘lgan an’analardan birinchisi emas.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi