Tallin – Riga yo‘nalishida qatnovchi avtobusdagi ayol yo‘lovchilardan biri mast holatda transport vositasini haydayotgani uchun hibsga olingan haydovchining o‘rnini egallashiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 26 noyabrda Tartu – Pyarnu – Ikla trassasida yuz bergan. Polisiyada Latviya chegarasi tomon kelayotgan va keskin tormozlanib, avariyaviy holatlar vujudga keltirayotgan avtobus shubha uyg‘otgan.
Polisiyachilar avtobusni to‘xtatganlarida uning haydovchisi mast ekanini aniqlashgan va uni mashinani haydashdan chetlatishgan. Shunda yo‘lovchilardan biri, Triyn Kibur ismli ayol avtobusni haydashda yordam berishi mumkinligini aytgan. Ayolda avtobusni haydashga ruxsat beruvchi D toifadagi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan.
Polisiyachilar bunga qarshilik qilishmagan va ayol yo‘lovchilarni Latviya chegarasigacha eson-omon etkazib qo‘ygan. Biroq chegarada yo‘lovchilar baribir boshqa avtobusni bir necha soat kutishlariga to‘g‘ri kelgan. Oqibatda avtobusga egalik qiluvchi kompaniya norozi yo‘lovchilardan ko‘plab tanbeh eshitgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan