Xabaringiz bor, shu yil 25 sentyabrda Bosh vazirning Virtual qabulxonasi ish boshlagan edi. Shu kungacha bu qabulxonaga 218 mingdan ortiq shikoyatlar, takliflar, arizalar kelib tushgan. Ularning 59 foizi hal etilgan bo‘lsa, yana 41 foizi ko‘rib chiqilmoqda.
Qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar orqali hayotimizdagi ko‘plab muammolar oshkor etildi. Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qillinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi chiqishi vaqtida ta’kidlab o‘tdi.
Xalqimiz tomonidan yo‘llangan murojaatlar va talablar qonuniy va adolatli ekanligini e’tirof etgan Shavkat Mirziyoyev bu borada qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi nazorat qilinmaganligini tanqid qildi.
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni avvalo barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, xalq bilan muloqot va inson manfaatlari tushunchalarini aslo bir-biridan ajratib bo‘lmasligini ta’kidlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirib kelayotgan 2017 yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?