21:56 / 09.12.2016
8 726

Rossiyada «Eshak» restorani ochildi, Toshkentda «Svinya» taomxonasiga nima deysiz?

Rossiyada «Eshak» restorani ochildi, Toshkentda «Svinya» taomxonasiga nima deysiz?

Rossiyalik komik aktyor Sergey Svetlakov «Eshak» nomli restoran ochdi. Uning restoran reklamasi uchun tushgan surati Rossiyadagi o‘zbeklar noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqida «Ural-O‘zbekiston hamdo‘stlik jamiyati» vakili Obid Turatov Znak.com saytiga ma’lumot bergan. Obid Turatovning aytishicha reklama afishasida Sergey Svetlakovning eshak oldida chopon va qo‘lida milliy taom bilan o‘tirishi o‘zbek xalqi uchun «haqoratli» obraz.

Xabarda aytilishicha, Turatov inson huquqlari bo‘yicha Sverdlovsk viloyati vakili va Ekstremizmga qarshi kurash markaziga murojaat etgan. Shuningdek, u prokraturaga ham arz qilish niyatida.

«Men bu reklama afishasini olib tashlashlariga erishmoqchiman. Bilasizmi, nima uchun? Ertaga yosh yurtdoshlarimizdan bir, ikki kishi shirakayf holatda bu reklamag ko‘zlari tushib qolib, restoran oynalarini sindirib to‘palon qilmasliklariga kim kafolat beradi? Bizda Toshkentda nima uchundir «Svinya» -deb nomlangan restoranlar yo‘q-ku! Chunki, bu Rossiyaliklar uchun hurmatsizlik bo‘lardi.»

«Eshak» restorani reklamasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya vakili Olga Glushkovaning fikricha Svetlakovning eshak bilan tushgan suratida hech qanday hurmatsizlik yo‘q.

Restoran egalari bu mojarodan hayratdalar. «Biz nomimiz bilan hech kimni haqorat qilmadik. Qolaversa restoranimiz taomlari o‘zbekcha emas, sharqona. Biz kimnidir qadriyatlariga hurmatsizlik qilishdan yiroqmiz.» — deydi aktyor Sergey Svetlakov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada «Eshak» restorani ochildi, Toshkentda «Svinya» taomxonasiga nima deysiz?