Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Reuters agentligi operatorini haqorat qildi. Ukrainaning «Gromadske» telekanali buni tasdiqlovchi videorolikni taqdim etdi. Reuters agentligining original roligida ham Lavrovning "ahmoqlar" degan so‘zi eshitilgan.
Video Lavrovning Gamburgda Germaniya TIV rahbari Frank Valter Shtaynmayer bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida tasvirga tushirilgan.
Lavrov dahlizdan o‘tib ketayotib, kameraga qaraydi va Reuters operatoriga "What do you want? (Nima istaysiz?)" deb murojaat qiladi. Shundan keyin u "ahmoqlar", deb qo‘shib qo‘yadi.
Lavrov bu so‘zni birinchi marta qo‘llashi emas. 2015 yilning avgustida u matbuot konferensiyasi paytida mikrofon oldida to‘satdan beodob so‘zni qo‘llagan.
Rossiya TIVda idora rahbaridan hech beodob so‘zlarni eshitishmaganligini ma’lum qilishgan. Oxir-oqibat Lavrovning aytgan so‘zlari memga aylandi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!