Amerikaning Fox News telekanali boshlovchisi Janin Pirro o‘z dasturi efirida Barak Obamani jiddiy tanqid ostiga oldi. Bu holat uning AQShdagi prezidentlik saylovlariga “rossiyalik xakerlar”ning ehtimoliy aralashuvi yuzasidan tekshirishni aynan hozir boshlagani sabab yuz berdi.
— Siz jiddiy gapiryapsizmi? Nega, nega aynan endi, janob prezident?! Siz WikiLeaks ma’lumotni chop etayotganini bir necha oylar davomida kuzatib keldingiz. Siz Hillari Klinton, Jon Podestalarning maktublari ommaga taqdim etilishini ko‘rdingiz. Hattoki bir og‘iz so‘z ham aytmadingiz! Endilikda sizning nomzodingiz mag‘lubiyatga uchradi, buni esa siz avvalroq o‘zingiz uchun shaxsiy haqorat deb atagandingiz. Endi tekshiruvlarni boshlashga qaror qildingiz... Nega endi hozir? – deya savol bergan teleboshlovchi.
Ma’lumot uchun, Amerika hukumati avvalroq Rossiyani mamlakat Demokratik partiyasi serverlarini buzib kirishda ayblagandi. Shu tariqa, AQSh hukumatining fikricha, Moskva prezidentlik saylovlari natijalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatishga urinib ko‘rgan. Kremlda esa xakerlik hujumlarini rad etishdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi