Venesuelaning bir necha shtatlarida naqd pul etishmayotgani va do‘konlarning 100 bolivarlik qog‘oz pullarni qabul qilishni rad etayotganlariga qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Mamlakat aholisi naqd pul etishmovchiligi muammosini hal qilishni talab qilmoqda. Bir hafta avval, 12 dekabrda Venesuela 100 bolivarlik qog‘oz pulni muomaladan chiqarishi ma’lum bo‘lgandi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning aytishicha, bu mafiyaga qarshi kurash bilan bog‘langan.
Shu sababli 17 dekabrda Tachira, Truxilo, Monagas, Ansoategi, Bolivar, Barinas va Suliya shtatlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Aholining ta’kidlashicha, savdogarlar va transportda tashuvchilar 100 bolivarlik qog‘oz pulni qabul qilishdan bosh tortishmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, ayni vaqtda mamlakat hukumati bu holat bo‘yicha hech qanday rasmiy izoh bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi