22:08 / 17.12.2016
6 831

Usama ben Ladenning o‘g‘li Misr davlatiga kiritilmadi

Usama ben Ladenning o‘g‘li Misr davlatiga kiritilmadi

Misr chegarachilari sobiq birinchi raqamli terrorchi Usama ben Ladenning o‘g‘illaridan biriga mamlakatga kirishiga ruxsat berishmadi. Bu haqda "Al-Axram" portali xabar berdi deyiladi "Kun.uz" nashrida.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, "Al-Qoida" asoschisining o‘g‘li Umar ben Laden Qohiraga Qatardan juma kungi reys bilan uchib kelgan. Pasport nazoratidan o‘tish jarayonida esa misrlik chegarachilar Umar ben Ladenni Misrga kirishi taqiqlangan kishilar ro‘yxatida borligi haqida xabardor qilishdi. Bir necha soatdan so‘ng ben Laden Turkiyaga uchib ketgan.

Xabarlarga ko‘ra, Umar ben Laden Misrda 2007-2008 yillarda istiqomat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Usama ben Ladenning o‘g‘li Misr davlatiga kiritilmadi