20:46 / 20.12.2016
7 163

Olmaotada o‘g‘ri o‘g‘irlagan narsasini egasiga qaytib berdi

Olmaotada o‘g‘ri o‘g‘irlagan narsasini egasiga qaytib berdi

Olmaotada o‘g‘ri o‘zi o‘g‘irlagan iPhone’ni uning egasidan muloyim xabar olgandan keyin unga qaytarib bergan. Jabrdiyda shahardagi bir nechta restoranlar direktori, taniqli tadbirkor Kuanish Sho‘nbay bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

"Men do‘stlarim bilan kompyuter klubida o‘ynab o‘tirib, o‘yinga chalg‘ib ketdim. Telefonim divanda mening o‘ng tomonimda yotgandi. Ko‘rinishicha, o‘g‘ri bundan foydalanib telefonimni o‘g‘irlab ketgan. Telefon o‘g‘irlab ketilganini bilishim bilan kuzatuv kamerasidagi videoni ko‘rib chiqdim. So‘ngra " iPhone’ni topish" funksiyasida "Hurmatli o‘g‘ri, menda sen qayd qilingan video bor. Iltimos menga telefonimni qaytib ber. Uni mening istalgan restoranimdan birida qoldirib ketishing mumkin", deb yozdim. So‘ngra o‘g‘irlik haqida polisiyaga ariza berdim", deb voqeani so‘zlab berdi tadbirkor.

Ertasiga restoratorga o‘g‘rining qarindoshlari chiqib, voqea uchun undan uzr so‘rashgan. Ular telefonni egasiga qaytarib berishgan. "Endi arizamni qaytib olmoqchiman, men uni kechirdim", deb aytgan Sho‘nbay.

Apple qurilmalarida uni izlovchi funksiya mavjud. O‘g‘irlangan iPhone’ni xarita orqali topish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmaotada o‘g‘ri o‘g‘irlagan narsasini egasiga qaytib berdi