00:38 / 23.12.2016
7 219

Namanganlik yoshlar shahar hokimiga kamchiliklardan shikoyat qildi

Namanganlik yoshlar shahar hokimiga kamchiliklardan shikoyat qildi

Joriy yilning 20 dekabr kuni Namangan Yoshlar markazida «Hokim va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Namangan shahar hokimi, shahar vasiylik Kengashi raisi Bahodir Behodjaev ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlar shahar hokimiga o‘zlarini qiynayotgan masalalar, xususan, shaharning ayrim yo‘llarida avtotransport qatnovi yaxshi emasligi va bu narsa o‘quvchilarining ertalab o‘qishga kechga qolishlariga sabab bo‘layotgani, Game club’larning o‘quv muassasalari yaqinida joylashgani ba’zi bir o‘quvchi yoshlarning darslardan chalg‘ishlariga sabab bo‘layotgani va shunga o‘xshash muammolar bilan murojaat qildi.

Shahar hokimi Bahodir Behodjaev mazkur masalalar atroflicha o‘rganilib tez orada echimini topishiga va’da berdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganlik yoshlar shahar hokimiga kamchiliklardan shikoyat qildi