Amerikaning JetBlue aviakompaniyasi xodimlari Tramning qizi Ivankaga xiralik qilgan ikki yo‘lovchini samoletdan tushirishdi. Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, bu voqea Kennadi nomidagi Nyu-York aeroportida yuz bergan. Bu erdan Ivanka Tramp turmush o‘rtog‘i Jared Kushner va farzandalari bilan Gavaya orollariga ketmoqchi bo‘lgan.
Terminalda Ivanka Trampga ikki yo‘lovchi shilqimlik qila boshlagan. Ular “nega u xususiy samoletda emas, balki oddiy reys bilan uchayotganini” so‘ray boshlashadi. Shuningdek ular Amerika prezidenti Donald Tramp “AQShni halok etayotganligini” aytib, qizni bezor qilishgan.
Jurnalistlarning aytishicha, Ivanka bezorilarga umuman e’tibor bermay, oilasi, bolalari bilan ovora bo‘lgan. JetBlue aviakompaniyasi xodamlari janjalga aralashib, bu ikki yo‘lovchi chiptalarini bekor qilishadi. Ular bu qarorlarini “uchish davomida janjalli vaziyat yuzaga kelmasligi” uchun qilishganiga izoh berishdi. Bezorilar keyingi reys bilan o‘z manzillariga etkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi