13:42 / 26.12.2016
13 285

O‘zbekistonning birinchi xonimi Almazbek Atambaevni kuzatish marosimida ishtirok etdi

O‘zbekistonning birinchi xonimi Almazbek Atambaevni kuzatish marosimida ishtirok etdi

Avvalroq, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambaev amaliy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelgani haqida xabar bergan edik.

Rafiqasi bilan Samarqand aeroportiga kelgan oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari-Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov kutib oldi.

Qirg‘iziston Prezidenti tashrifini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. 2006 yilda Islom Karimov tashabbusi bilan ta’mirdan chiqarilgan Xayrati Xizr masjid-majmuasida Qur’on tilovat qilgan Almazbek Atambaev Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan “JV MAN Auto-Uzbekistan” O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi.

Shundan so‘ng davlat rahbarlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdilar.

Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atambaevning O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining navbatdagi bosqichlarini o‘z ichiga olgan muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning kelgusi bosqichlari bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

O‘zbekistonga rafiqasi bilan tashrif buyurgan Almazbek Atambaevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev turmush o‘rtog‘i, O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Hoshimova bilan Samarqand aeroportida kuzatib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganiddan so‘ng, O‘zbekiston birinchi tashrifni Prezidentlardan Almazbek Atambaev uyushtirdi. Mazkur uchrashuv Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning turmush o‘rtog‘i Ziroat Hoshimova ishtirokidagi ilk oliy darajadagi uchrashuv sifatida tarixda qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning birinchi xonimi Almazbek Atambaevni kuzatish marosimida ishtirok etdi