Samarqand shahar IIB YoXB xodimlari "Yong‘in xavfsizligi kunlari" doirasida joylarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, deb xabar qilmoqda Zarafshon nashriga asoslanib Sputnik agenitligi.
"Tekshiruvlar jarayonida yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan 243 ta korxona, tashkilot va muassasalarning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. 10 mingdan ortiq nosoz gaz va elektr isitish asboblaridan foydalanish holatlari aniqlanib, bartaraf etildi", — deyiladi xabarda.
Nashrda qo‘shimcha qilinishicha, joriy yilning 26 noyabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahri, Istiqlol ko‘chasidagi xonadonlarning birida yong‘in kelib chiqdi. Aniqlanishicha, xonadondagi isitish pechidan sizib chiqqan gaz yong‘inga sabab bo‘lgan. Voqea joyiga etib kelgan shahar IIB YoXB yong‘inning oldini olish guruhi o‘t o‘chiruvchilari ofatni bartaraf etishdi. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan ushbu noxush hodisa oqibatida xonadon sohibi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?