14:39 / 03.01.2017
7 702

Prokuratura uchta tuman hokimi va ularning etti nafar o‘rinbosarlarini javogarlikka tortdi

Prokuratura uchta tuman hokimi va ularning etti nafar o‘rinbosarlarini javogarlikka tortdi

Namangan viloyatida o‘tgan yilgi holat bo‘yicha meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha vazifalarni bajarmaganlik uchun prokuratura taqdimnomasiga asosan Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on va Chortoq tumanlari hokimlari, Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlari hokimlarining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda 16 nafar fermer xo‘jaligi rahbari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Viloyatda o‘tgan yilning may-oktyabr oylarida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha belgilangan rejalar bajarilmagani ma’lum ma’lum bo‘ldi. Bunga ekinlarni parvarishlash va g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekishni tashkil qilishdagi kamchiliklar sabab bo‘lgan.

Hammasi bo‘lib 38 nafar mas’ul shaxs qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik xususida rasman ogohlantirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokuratura uchta tuman hokimi va ularning etti nafar o‘rinbosarlarini javogarlikka tortdi