16:46 / 06.01.2017
7 329

Koreyslardek yuz ko‘rinishiga ega bo‘lish uchun 3000 dollar kifoya

Koreyslardek yuz ko‘rinishiga ega bo‘lish uchun 3000 dollar kifoya

25 yoshli braziliyalik Maks koreys xalqiga bo‘lgan kuchli qiziqishi sabab o‘z qiyofasini plastik jarrohlik yo‘li bilan o‘zgartirdi. Endilikda Maks osiyoliklarga xos ko‘z shakliga ega, sochlari ham qora rangda, yangi ismi esa Sian. «Uning asl qiyofasidan faqatgina burni qolgan» — deya xabar bermoqda Mulohaza.uz sayti.

Unga bu fikr Janubiy Koreyadagi Dongseo universitetida ta’lim olib qaytgach paydo bo‘lgan. U koreyslarga 19 yoshidan beri maftun edi.

Bu yangi qiyofa unga 10 bora jarrohlik stoliga yotish va bor yo‘g‘i 3 ming dollarga tushdi. Uncha katta bo‘lmagan budjet uning osiyoliklarga xos qiyofa egasiga aylantira oldi.

— Men biror nima o‘xshamay qolishi haqida o‘ylaganim ham yo‘q. Biroq yuzimda jarrohlik amaliyotini fosh etuvchi biror iz qolmasmikin deya biroz xavotir olgan edim, yaxshiki bunday bo‘lmadi, — deya uning so‘zlarini keltiradi, nashriyot.

Uning ko‘z shakli o‘zgargan, sochlari bo‘yalgan, ko‘zlariga esa doimo linza taqqam holda braziliyalik, «Hayotda bir bora yashaymiz, har kim o‘zi istaganidek yashashi kerak», — deya ta’kidlaydi u.

U suratlarini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ijobiy baholamoqdalar. Maksning otasi ham o‘g‘lining qarorini qo‘llab-quvvatlagan, onasi esa uni hamon tushina olmagan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koreyslardek yuz ko‘rinishiga ega bo‘lish uchun 3000 dollar kifoya