Strasburgdagi Evropaning inson huquqlari bo‘yicha sudi 17 yanvarda Litva Pravenishkes axloq-tuzatish koloniyasida jazo o‘tayotgan mahbusning huquqlarini buzganligini e’lon qildi. Bunga hukumatning mahbusga masofadan turib o‘qish izlashida internetdan foydalanishni taqiqlagani sabab bo‘lgan.
Mahbus Xenrikas Yankovskis sudga koloniya ma’muriyati unga internetdan foydalanish imkoniyatini berishni taqiqlaganidan keyin murojaat qilgan, deb yozadi Kun.uz.
"Litva axloq-tuzatish koloniyasidagi mahbusning huquqlarini buzgan. Unga o‘qish qidirish maqsadida internetdan foydalanish taqiqlab qo‘yilgan", deyilgan sud qarorida.
Sud hakamlik hay’ati "bunday qarorlar Evropaning inson huquqlarini himoya qilish konvensiyasini buzishini, chunki internetdan foydalanish inson huquqi hisoblanishini" e’lon qilgan. Sud mahbusning unga 30 ming dollar tovon puli to‘lash iltimosini rad etdi. Sudyalar bu vaziyatda qoidabuzarlik tasdiqlanishining o‘zi etarli deb topganlar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi