Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqdagi ma’lumot Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Portalda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga murojaat qilmoqchi bo‘lganlar O‘zbekiston Respublikasining ”Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuning 3-bobi 16-moddasida belgilangan shartlarga va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida keltirilgan ko‘rsatmalarga amal qilishlari kerak.
E’tiborli jihati shundaki, murojaatda xatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilot nomi va mansabdor shaxsning familichasi, ismi, otasining ismi aniq ko‘rsatilishi lozim.
Anonim murojaatlar va qonunda belgilangan talablarni qanoatlantirmaydigan murojaatlar, shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo‘yicha javob berilgan murojaati qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ko‘rib chiqilmaydi.
Qolaversa, bila turib yolg‘on ma’lumotlar bayon etilgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda qilingan xarajatlar jismoniy yoki yuridik shaxsdan sudning qaroriga ko‘ra undirib olinishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi