Toshkent shahar va tuman xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan aniq va maqsadli tizim yaratilib, bu tizimda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amaliy ishlar tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi «F. Abdurahimova»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Oilalarda ajrimga sabab bo‘luvchi 7 ta asosiy sabablar qamrab olingan jadvallar asosida oilabay o‘rganish ishlari tashkil etilib, olib borilgan ishlar natijasida bir qator muammolar hal etildi. Jumladan, imkoniyati bo‘la turib, oilasi va farzandlarini uy-joy bilan ta’minlamagan fuqarolardan 35 nafarining, aliment pulini to‘lamasdan yurgan 44 fuqaroning, uyga kiritib qo‘yish bo‘yicha sudning ijro hujjatlari mavjud bo‘la turib, ijro etilmagan 13 ta oilalarning, yashayotgan manzilida doimiy ro‘yxatsiz (propiskasiz) yashayotgan 237 ta onalarning muammolari hal etildi.
Shuningdek, oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida fuqarolik sudi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida 2016 yilning yakunida oilaviy ajrimlar soni 2015 yilga nisbatan 711 taga kamayishiga erishildi.
Shu bilan birga, Xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla va fuqarolik sudlari tomonidan yarashtirilgan oilalar soni 1127 tani tashkil etib, bu oilalardagi 1479 nafar voyaga etmagan bolalar ota-ona bag‘rida tarbiya topadigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi