09:34 / 01.02.2017
5 810

Barak Obama qayerda hordiq chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi

Barak Obama qayerda hordiq chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Britaniya Virgin orollarida hordiq chiqarmoqda. Ular Virgin Group egasi, milliarder Richard Brenson bilan birgalikda dam olishmoqda, deb yozadi Kun.uz sayti. U Oq uy sobiq rahbarining bir qator suratlarini taqdim etdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, er-xotin Obamalar britaniyalik milliarderga tegishli bo‘lgan Nekker oroliga bir hafta avval uchib kelishgan. TMZ tomonidan e’lon qilingan suratlarda Oq uy sobiq etakchisi qora ko‘zoynak va beysbolda turganini ko‘rish mumkin. Nashrning ta’kidlashicha, aftidan u yangi prezident Donald Trampning muhojirlik siyosatini kuchaytirish haqidagi farmoni tufayli norozilik namoyishlari bilan qamrab olingan AQShga qaytishga shoshilayotgani yo‘q.

31 yanvar kuni Obama Trampga qarshi namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagani ma’lum bo‘ldi. U bu jarayonda ishtirok etayotgan fuqarolar yig‘ilish borasidagi o‘z konstitusion huquqlaridan foydalanayotganliklarini ma’lum qilgan. Sobiq prezident ta’kidlashicha, Trampning muhojirlikni cheklash haqidagi qarori Amerika qadriyatlariga katta xavf tug‘diradi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Barak Obama qayerda hordiq chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi