09:57 / 07.02.2017
8 787

Lola Karimova-Tillaeva The Best Award mukofoti bilan taqdirlandi

Lola Karimova-Tillaeva The Best Award mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillaeva The Best Award mukofoti bilan taqdirlandi, deb yozadi Kun nashri.

Taqdirlash marosimi Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tgan. Lola Karimova-Tillaevaga mukofot ko‘p yillik xayriya faoliyati, shuningdek Evropada O‘zbekiston madaniyati va san’atini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishga qo‘shgan hissasi uchun topshirildi.

The Best Award har yilgi mukofoti 1977 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, uni turli yillarda Karl Lagerfeld, Umar Sharif, Endi Uorxol, Mari-Xelen de Rotshild kabi mashhur insonlar qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Lola Karimova-Tillaeva O‘zbekistonda ikkita yirik xayriya tashkiloti – “Sen yolg‘iz emassan” fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi rahbari sanaladi. Ular ota-ona qaramog‘isiz qolgan va imkoniyati cheklangan bolalarga har tomonlama yordam ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lola Karimova-Tillaeva The Best Award mukofoti bilan taqdirlandi