10:19 / 07.02.2017
6 621

Buyuk Britaniyada yashil yungli kuchuk tug‘ildi

Buyuk Britaniyada yashil yungli kuchuk tug‘ildi

Buyuk Britaniyada labrador-retriverda yashil yungli kuchuk tug‘ildi. Bu haqda "Daily Mail"ga asoslanib "Kun" nashri xabar berdi.

Noodatiy jonivor egalarining so‘ziga ko‘ra, it juda ham ko‘k rangda tug‘ilgan. Ular avvaliga jonivor qora rangli deb o‘ylashdi, biroq keyinchalik yungning rangi yashil ekanini payqashgan.

"Biz hayratga tushdik va "yashil itlar bo‘lmaydi" deb bir-birimiz bilan bahlashdik", - deya aytib o‘tdi jonivor egasi Elani Kuper. Itning onasi jigar rangda.

Daily Mail’ning yozishicha, g‘ayritabiiy rang it yo‘ldoshida biliverdin moddasining ko‘pligi bilan bog‘liq. U gemoglobin parchalanishidagi oraliq modda hisoblanadi. Xabarlarga ko‘ra, yashil rang bir necha haftadan so‘ng yuvilib ketadi.

Kuchukni "Shrek" multfilmidagi qahramon sharafiga Fifi deb atashdi. Egalari uni sotib yuborishni mo‘ljallamoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buyuk Britaniyada yashil yungli kuchuk tug‘ildi