7 861
Hindistonda kobra bilan selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smir uning chaqishidan halok bo‘ldi
Hindistonning Mumbay shahrida tabiat himoyachisi Somnat Mxatre kobra bilan selfiga tushish vaqtida uning chaqishidan halok bo‘ldi. O‘smir kobrani boshidan o‘pmoqchi bo‘lgan. Bu haqda «Daily Mirror»ga tayanib «Kun» xabar berdi.
O‘smir volontyor bo‘lib, ilonlarni qutqarish va parvarishlash bilan shug‘ullangan. 18 yoshli o‘smir yuzlab ilonlarni o‘limdan saqlab qolgan, biroq o‘zini ulardan saqlay olmadi.
O‘smirning tanishi aytishicha, Mxatre avtomobil g‘ildiragi ostida topilgan kobrani xavfsiz joyga etkazishi kerak bo‘lgan. Ilon qutqarilgandan keyin, yigit uni yuzi yoniga olib kelib, boshidan o‘pib selfiga tushmoqchi bo‘lganda ilon uning ko‘kragidan chaqib olgan.
O‘smir tezda shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar 5 kun davomida uning hayoti uchun kurashganlar, biroq o‘smir vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi