Yaqinda floridalik bir baliqchi Stiv Bargeron baliq ovlash vaqtida qarmog‘iga baliq o‘rniga uzunligi yarim metrdan kattaroq keladigan notanish suv mahluqini ilintirgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Stiv bu jonzotni yovvoyi tabiatni muhofaza qiluvchi mutaxassislarga ko‘rsatgan. Olimlar bir qator tadqiqotlar o‘tkazib, bu jonzotning turini aniqlay olishmagan. Biroq ba’zi mutaxassislar bu g‘ayrioddiy jonzotni beshiktebratar qisqichbaqalarning bir ko‘rinishi deb taxmin qilmoqdalar. Biroq shunga qaramay, bu erda tavofut bor, chunki bu turdagi jonzotlarning uzunligi 30 sm dan oshmaydi, Stiv tutib olgan jonzotning uzunligi esa 50 sm dan kattaroq. Shuning uchun ham uni noyob deb hisoblash mumkin.
Beshiktebratar qisqichbaqalar eng yirik umurtqasiz yirtqichlar hisoblanib, ularning asosiy quroli kuchli tirnoqlari hisoblanadi. U tirnoqlari bilan akvariumdagi oynani teshib yubora oladi. Fanga 4 mingga yaqin bunday qisqichbaqalar turi ma’lum va ular bir-birlaridan faqat ranglari bilan farq qiladi. Bu tur vakillari juda yaxshi xotiraga ega va o‘z "tanishlarini" hididan taniy oladilar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi