10:58 / 19.02.2017
8 476

Sovet askarining Afg‘onistondan yuborgan xati 33 yil deganda topildi

Sovet askarining Afg‘onistondan yuborgan xati 33 yil deganda topildi

Pridnestroveda eski AK-47 rusumli o‘quv avtomati qayta ochilganda, uning ichidan Afg‘on urushidan egasiga etib bormagan xat topib olind, deb xabar beradi Qalampir.uz.

Tan olinmagan davlatning Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qurolni sochish paytida qo‘ndoq ichidagi penal bir nimaga qisilib turganini payqab qolishgan. Ehtiyotkorlik bilan uni olib ko‘rishganda, bu 33 yil avval podpolkovnik Yakovenko va kapitan Jozlotin Afg‘onistondan turib yozgan xat ekani ma’lum bo‘ldi.

“Harbiy qism komandiriga. Shindond tumani - 110 dux. Ochiq matn bilan yozaman – biz qurshab olindik, kurashishga ortiq kuchimiz qolmadi. Kimki bu avtomatni topib olsa, maxfiy xabarni SSSR Bosh shtabiga etkazsin. Rota komandiri podpolkovnik Yakovenko va komandir o‘rinbosari kapitan Jozlotin. 23.06.1983 yil. 16:00”, deyiladi xatda.

Afsuski, xat Bosh shtabga etib bormagan bo‘lsa kerak. Hozircha bu shaxslarning keyingi taqdiri nima bilan tugagani hech kim bilmaydi. Voqeaga oydinlik kiritish maqsadida Rossiya Afg‘on jangchi veteranlar uyushmasiga rasmiy so‘rovnoma yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sovet askarining Afg‘onistondan yuborgan xati 33 yil deganda topildi