13:05 / 19.02.2017
7 222

Putin: “Xorijlik josuslar Rossiyada tinim bilmayapti”

Putin: “Xorijlik josuslar Rossiyada tinim bilmayapti”

Federal xavfsizlik xizmati hay’ati yig‘ilishida nutq so‘zlagan prezident Vladimir Putin chet el maxsus xizmatlari Rossiyada faol ish olib borishga urinayotganini ta’kidladi, deb xabar beradi Hilol.uz sayti.

Putin Rossiya kontrrazvedka organlari hushyor bo‘lishlari kerakligini uqtirdi.

Uning aytishicha, chet el maxsus xizmatlari Rossiyada faol ish olib borishga harakat qilmoqda. O‘tgan yili chet el maxsus xizmatlarining 53 nafar muntazam xodimi va 386 nafar agentining faoliyatiga chek qo‘yilgan.

“Xorij maxsus xizmatlarining yopiq ma’lumotlar, eng avvalo, harbiy-texnik sohadagi salohiyatimizga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga urinishlarini bartaraf etish muhimdir”, – dedi Rossiya rahbari.

Shuningdek, Vladimir Putin davlat siri hisoblanuvchi ma’lumotlarni himoyalash tizimini takomillashtirish zaruratiga e’tibor qaratdi.

Uning qayd etishicha, o‘tgan yili Rossiyaning davlat axborot resurslariga kompyuter hujumlari soni 3 baravar ortgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Putin: “Xorijlik josuslar Rossiyada tinim bilmayapti”